Wednesday, October 24, 2012

HURA CHOYHONADA BOSHLADI -CHOYHONALICHIKNI ISHTIROK ETINGLAR AZIZLAR.


  • E-e-e kelingizlar kelingizlar....ЧОЙХОНАМИЗГА ВЕЛКОМЕ  degan banner yozdiraman deb bir haftadan beri yuguraman, uni ustiga bilasila choyhona yangi hali u kam hali bu kam deb bozorga chopganim chopgan. Buni qarangki shuncha mehmon keganiniyam bilmay qolibmiz .. Ming bora uzr.. ishqilib zerikmadinglarmi ha... Aslida Adminiddin birinci bulishlari kerakmidi navbatta chunki bizada baribir choyhanachilik tajribasi kamroq, bizni choyhonada qanday "Taomlar" sevib tanavvul qilinadiyu, qandaylariga talab kamroq yahshroq bilarmidi deymanda, mayli bugun dustlarimizga qanday tansiq taomlar taklif qilsak ekan... bizni menu aslida taomlar, salatlar, ichimliklaru shirinliklarga boy...

Keling sizga ozgina salatlardan taklif qilay, ishtaha ochib turish uchun:
Hammamizga malum va mashhur bulgan TITANIK kemasi birinchi bulib SOS signali qullanilgan kema ..
TITANIK kemasini qurish uchun 7 million dollar, va bu kema haqidagi filmni suratga olish uchun 200 million dollar mablag sarflangan ...
Qutqaruv qayiqlarida chukayotgan odamlarni qutqarishga joy yetishmaganligi hammamizga malum, lekin shunga qaramay TITANIK da insonlar qatorida kemaga chiqqan 9 ta it (kuchuk) dan 2 tasi qayiqchalarda jon saqlab qolishgan...
Kema haqidagi film taqdimotidan ancha vaqt utib Amerikalik astronom Neil deGrasse Tyson James Cameronga shikoyat maktubi yozgan. Maktubda film qahramoni ROSE yogoch parchasi ustiga jon saqlab osmonga qarab turgan kadrdagi osmon YULDUZLAR joylashuvi voqea sodir bulgan usha paytda (04.20, 15 aprel 1912 yil) Atlantika okeanining usha joyida bunday bulmaganligi yozilgan ekan. Cameronni mardligini qarangki, uz hatosini tan olib, "Menga tugri haritani junat men usha kadrni tugrilab joylashtiraman" deb javob yozgan va uz navbatida filmning 2012 yil bahorida taqdim etilgan 3D versiyasiga yulduzlar joylashuvi holatini tugrilab qaytadan qushib quyilgan..

  • Uzim sinab kurmaganman-u lekin yozishlaricha mazali manti yoki somsa tayyorlsh uchun piyoz tugraguncha saqich chaynalsa kuzdan yosh kelmas emish-mish....



4 comments:

Nizomiddin said...

Uziga xos tarzda choyxonani bowlaganingizga lekin 5 ketdim Tuhtaev. Biza anchadan beri siz uyuwtirgan choyxonaga kelib utirdiku siz kurinmaganingizga yigit xozirgi iw joyida yomon aynibdi deb uylabmiz. Choyxonachi xam elkasiga oq sochiq osib olib yuribdiyu, siz kelmaganingizga choy xam olib kelmadi. Endi uziz bir zur qilib uziga xos tarzda choy damlawni kursatib quying bu choyxonadagi xizmatchilar uyalib qoliwsin, a labbay Tuhtaev.

Hurshid Tuhtaev said...

BAYRAM DASTURHONI
Aziz dustlarim, hammalaringizni bayram bilan tabriklagan holda kamtargina dasturhonimizga taklif qilamiz. Tortinmasdan olaveringlar, tulovini uylamanglar... bugun choyhonachi mehmon qiladi sizlarni... Ahir bayram-ku... Haa unda nimaga narhlar yozib quyilgan deysizlarmi? Ajabmas taomlarimiz yoqib qolib keyingi safar buyutma berguncha foydasi bulishi mumkin degan maqsadda... 

Marhamat....:



Pizza Louis XIII

Narhi: €8300 Oshpaz: Ренато Виола
Renato aka errrtalab tong otmasdan turib beliga belqarsni boglab hamir tayyorlab quyadi.. Mijoz keldi deguncha 77 tazimdan sung mijoz kuz ungida tayyorlab quyilgan hamirga krevetka, omar va langust gustlari, uch hil ikra va qora buyvol sutidan mehr berib tayyorlangan pishloq - Mozarello Buffalo qushib chiqiladi. Tuz ham oddiy tuz emas, Avstralianing qaysidir burchagidagi qizil suvutlari mul-kul usadigan Myurrey daryosining tiniq pushtirang tuzlaridaan.... Uhh charchab qoldim hozirdan...Aytgancha siz bu taomni yeb, ohh endi kuk choydan achchiq qilib keling deb aytaman homhayol bumang..Uzbekku uzbek, evropalik kiborlaram tuymasa kerak bu pizzaga.. Pizzaning diametri - 20 sm.
Ayni vaqtda ikkita joyda ishlaganim uchun )).. Batafsil tarkiblarni yozib utirmayman.. Bekorga aytishmaydi-yu "Uzumini yeda bogini surama" deb, agar tarkib kimnidur qiziqtirsa, masalan uzi tayyorlab kurmoqchi bulishi mumkin..tortinmasdan "YEDIK, ICHDIK, KETDIK" choyhonasiga murojaat qilishingiz mumkin...  

Macaroons Haute Couture

Narhi: bir funti (1 funt = 454 gr) - €5750 Oshpaz: Pierre Erme, Fransyadan kelgan yaqinda


Samundari Khazana

Narhi: £2000 "Bombay Brasserie" (Londonlik oshpazlar guruhi, tuylargayam chiqamiz agar klient busa deyishdi)

The Fortress Stilt Fisherman Indulgence

Стоимость: $14500 Shri-Lankalik oshpazlar guruhi ("Fortress" mehmonhonasidan bushab kelibdi sizlarda oylik yahshi ekan deb, hafa qilgim kemadi)
Qisqacha tarkib: Italyan biskvitga asoslangan kassat shirinligi, mango, anor, sabayyona (allambirbalolardan qilingan, ozroq shubha uygotdi, oshpazni tekshirish kerak.. ertalab kuzlari qizarib keldi ishga.. ozroq chalobam ichti...shubhaliii)
Bezaklari: Shri-Lankalik baliqchining shokoladdan qilingan shakli, 80 karatli akvamarin.

Wagyu Meat Pie

Narhi: ₤8000 Fence Gate Inn oshpazlar guruhi (Londondan, bularam tuyga chiqamiz klient busa deyishdi, bonusga muzikant bepul emish)
"Wagyu" buqasi gushti - rasa qimmat gust. Bozordan qidirib utirmang, asosan Yaponya va Avstraliadan keladi. Aytishlaricha bu gushtni bunday mazali va yumshoq bulishi sababi podaboqarlar buqalarni BEER degan suv (Oshpazlardan siz tushunmaysiz baribir bu suzga deyishdi.. buyam shubhaliii...tekshirish kerakmiii deymanda..) bilan sugorib, SAKE (САКЭ) yogi bilan massaj qilisharkan. Pirog tayyorlashda yana tryufel, MATSUTAKY zamburugu kabi masalliqlaram qushiladi.. Agar judaaa iltimos qilinsa pirogni turttan birini bulib sotishga rozi qilsa bularkan,   narham shunga yarahsa ancha arzon buladi - ₤2000.

Hurshid Tuhtaev said...

Pastdagi taomlarni rasmini uz matn tartibi bilan taqdim etamiz:

oybekx said...

Rahmat Hura!! Ajoyib taomlar ucun, bulani hammasiga mani bir uzim tumasam kerak )))
Shu jumladan...
Virtual Choyhonamizdan turib Hamma Kursdoshlarimizni va Choyhonamiz mehmonlarini Qurbon bayramlari bilan tabriklayman. Bayramlariz muborak bulsin, Azizlar!!!

:) :( ;) :D ;;-) :-/ :x :P :-* =(( :-O X( :7 B-) :-S #:-S 7:) :( ( :) ) :| /:) =)) O:-) :-B =; :-c :) ] ~X( :-h :-t 8-7 I-) 8-| L-) :-a :-$ [-( :O) 8-} 2:-P (:| =P~ :-? #-o =D7 :-SS @-) :^o :-w 7:P 2):) X_X :!! \m/ :-q :-bd ^#(^ :ar!

Post a Comment

Twitter Delicious Facebook Digg Stumbleupon Favorites More

 
Design by Free WordPress Themes | Bloggerized by Lasantha - Premium Blogger Themes | Grants For Single Moms