- Таом ейишдаги одобни
- Совга келганда кизимга биринчи беришни углимни аклига сингдирганим
- Кариндошларникига бориб туриш керак эканлигини
Канака машклар ёки мисоллар десангиз, бир холатни келтираман:
"Бир ёши улуг киши айтиб берганди, Отамиз укиш ва ёзишни билмасада дарс килаётган пайтимизда бошимизга келиб бизни кузатиб турарди ва бизлар дарс килардик, отамизни утириши кандайдур бизни рагбатлантирарди" деганди.
Ишонсангизлар, мен шу холатни болаларимга синаб курдим, дарсларини бир завк билан килади ва укалари хам нималарнидур чизади, хаттоки 1,5 ёшли чаколокчам хам когозга нималарнидур ёзаман деб харакат килиб когозларни йиртиб ташлайди, шундай холатларда уйимизга шодлик ва болалик бахти мехмон булиб турганига амин буламан, аммо лаънати телефонда смс келиши ё кунгирок булиши билан камина чалгиб кетади ва шодлик хам энасининг уйига кетиб юборади. Шу холатни купайтиришим керак аслида, кейин бир рус опахоним [нияти бузуклар- шунчаки хамкасб опа] уйим менинг дам оладиган худудим- ишхонамнинг ишларини уйга киритмасликка харакат киламан дегани, менга роса таъсир килган, шу сабаб хонадонимизда факат ва факат оиламизга, фарзандларимизга эътибор каратишга харакат килишимиз керак. Зеро фарзандларимизни суюкли ДАДАжонисига айлансак.....
Изохларда фаол булайлик, хамма уз куникмаларида бошкалар учун фойдали деб билган мисолларни келтиришса, майли узимиз амал килмаган булсакда, аммо каердандур эшитиб бизга манзур булган булса. Кани кетдик.
9 comments:
Mujiki davayte bolalarimiz uchun
Farzand tarbiyasi bu nafaqat ayol kishi balki erkakning ham hayoti davomida amalga oshirishi mumkin bulgan eng muhim faoliyatlardan biridir. Xoh qiz bulsin, xoh o'g'il, ularga birdek munosabatda bulmoqlik kerak. Bir inson avliyoning oldiga borib "Men bugun farzand ko'rdim, uni juda yaxshi kuraman va bir kuni uning komil inson bulishini istayman! Shu niyatlarimga erishmogim uchun uni nechi yoshdan tarbiya qilay?" deb suraganda, avliyo "Siz allaqachon 9 oyga kech qolibsiz!" deb javob bergan ekan. Yaniki, ularni hali kichkina, aqli yetmaydi degan "uzingiz"ning vajingiz bilan be'etibor qoldirmang. Uni huddi katta insonlardek qabul qiling va o'z fikrini tu'gri va ravon yetkazib berayoganiga etibor bering, Har shanba yoki yakshanbada ular bilan kunni utkazish bilan cheklanmay, ularga yangiliklarni so'zlab bering(qanaqa yangilik aytishning chegarasini uning kelajakda kim bulib yetishishiga qarab belgilang). Uzingizning yoshligingizni bir esga oling! Unda ham yoruq ham qorongu taasurotlar bor. Men Ollohdan, kelajakda uzim uchun ham sizlar uchun ham "bolangiz hotirasidagi faqat yorug' nuqtalarda nomoyon bulishi" baxtini tilayman! Mirabbos Karshiev
yahshi mavzu kutarilgan
Antosha mavzuni yahshiligi haqidagi fikrizdan tashqari ham fikrlarizni bildiringda jigarim, misollar deganday
Nizomiddin: Фарзанд тарбяси ҳақида кўп гапирсак бўлади. Лекин ўзим амал қиладиган баъзи бир принципларимдан айтсам, шанба ва якшанба кунлари максимум болаларим билан бўлишга ҳаракат қиламан, агар буни иложи бўлмай қолса албатта бошқа кунлар ҳисобига компенсация қилишга ҳаракат қиламан. Менинг фикримча болаларга ёшлигида "қариганимизда бизларни боқасан" деган тушунчани умуман гапириш керак эмас, бу тушунча унга акс таъсир қилади деб ўйлайман.
Kupchilik uchun uz fikri va tajribalarini uzida qoldirish maqulroq shekilli bu masalada. :((((
Mujiki, nima farzandlarimiz uchun foydali maslahat yuqmiiii,
Man esa uzimni ichimdagi bir dardni aytsam :
Yangi uylanganimda, endi ishga kirdim qattiq ishlay, mablag yigib olay, keyin bor kuchimni uydagilarga qarataman deb, yarim kechagacha ishhonada qolib ishladim. 3-4 yil utgandan sung, qaysidur voqea sabab bulib sal ishga bee'tiborroq bulib -uydagialrga vaqt ajrata boshladim - u ham shanba va yakshanba kunlari. Keyin yana ketdiku, yana usha ish ish ish -yaqinda qarasam yana shu ahvol - uglim bilan duhtirga birga utamiz deganimga ham yaqinda 1 yil bularkan, uzimni buyragim ham ba'zida borligini eslatib turibdida.
Qisqasi, shu ahvolda ketaveradi shekilli, ISH TUGAMAS EKAN- sal bee'tiborroq bulib, oilaga kuproq e'tibor qaratish kerak ekan shekilli. Ishdagi stresslarni ba'zida uyda sochib qoladamn, keyin uzim afsuslanaman rosa. Yaqinda chetda uqib kelgan bir bola aytib qoldi -Amerekiosalar uchun oila muqaddas narsa - San bilan urishib turgan vaqtda uyidan telefon qilishib qolsa ham trubkani kutarib yahshi gaplashib uydagialri bilan -keyin san bilan urishishda davom etishi mumkin dedi. Ta'sir qildi menga rosti.
Keyin yana bir holatni uzim uchun hulosa qildim, ishdan sung kechgacha qolib utirishdan foyda yuq ekan, kup sinadim ish unmaydi, yahshisi uyga ketib bolalar bilan mazza qilib utirib ishga ertachi kelib ishlarni tindirib tashlasa bularkan -rosa sinadim. Kechga qolib ishlash, birinchidan miya zuriqib ishlashiga sabab bularkan va ikkinchidan odam asabiy bulib qolar ekan.
Shunday gaplar mujiki, yozinglar-eyyy bunday.
Man uzimni juda ijodkor inson deb hisoblamayman, ammo qaysidur qismlari utgandur. Qisqasi inson bir harakat qilayotganda asosan pul uchun qiladi yoki savob uchun, qandaydur manfati buladi-da. Bu blogdan manga nima foyda deb yuboraman ba'zida, hech bulmasa 2 qator nimalardur yoziladida azizlar endi, ish kup deyishalriz mumkin, kelsalaringi kursataman, mani peshonamda CHMO degan yozuv turibdi,ish qanday kupligini ushandan ham bilsa buladi, azizlar bunday sal e'tiborli bulaylik - ish hammada ham kup 5 kun dam olib shanba otdih ishlamay yuradiganalr ham bor 2 qator sms yozmaydigan azamatlar oramizda, har holda kerakmas mavzu emasku, foydali mavzualrni kutarayapmiz, Bee'tiborsizlik uldiribb quymasiy ishtiyoqimizni deymanda.
Post a Comment